Unda federatsiya rahbariyatiga nomzodlar ko‘rib chiqilib, tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Konferensiya qaroriga ko‘ra, «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi rahbari Husan Botirov O‘zbekiston Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi.
Mudofoa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi boshlig‘i Mansur Mamadaminov federatsiya raisining birinchi o‘rinbosari, «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi rahbari o‘rinbosari Anvar Qurbaniyazov esa rais o‘rinbosari etib saylandi.