Maʼlum qilinishicha, tadbirni xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda harakat vaqtincha cheklanadi:

  • Chilonzor–Chuponota ko‘chalari chorrahasidan Chuponota ko‘chasi bo‘ylab Qatortol–Chuponota ko‘chalari chorrahasigacha;
  • XYAI–Chilonzor ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab Chilonzor–Chuponota ko‘chalari chorrahasigacha;
  • XYAI–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yo‘li bo‘ylab Bunyodkor–Chuponota ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Nurafshon–Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Sebzor ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Islom Karimov–Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab Bunyodkor–Ikkinchi Qatortol ko‘chalari chorrahasigacha.

Haydovchilardan oldindan muqobil yo‘nalishlarni rejalashtirish so‘raldi.

Shuningdek, mutasaddilar fuqarolarni milliy terma jamoani qo‘llab-quvvatlashga chaqirib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.