Tashrif davomida Qozog‘iston xalqi, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirildi. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Qayd etilishicha, mazkur tashrif O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa idoralari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va yaqin hamkorlik, shuningdek, o‘zaro hamdardlik va birdamlik ifodasi bo‘ldi.