Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Uçtepa tuman bölimi xodimlari hamkorligida «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida tekşiruv ötkazildi.
Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida 1989-yilda Xorazm viloyatida tuğilgan gaz taʼminoti xodimi va uning şerigi — 1972-yilda tuğilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 184-moddasi bilan sudlangan tadbirkor uşlandi.
Aniqlanişiça, ular özaro jinoiy til biriktirib, xorijda işlab çiqarilgan, yaroqlilik muddati ötgan, foydalanişga yaroqsiz va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan isitiş qozonlarini soxta hujjat hamda sertifikatlar bilan sotişgan.
Şaxslar 120 ta isitiş moslamasini har birini 380 AQŞ dollaridan hisoblab, jami 45 ming dollarga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Tezkor tadbir davomida tadbirkorning yaşaş xonadoni ham közdan keçirilgan. Natijada u yerda xorijdan keltirilgan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan turli nomdagi yana 500 ta isitiş moslamasi noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan va hujjatlaştirilgan.
Mazkur holat yuzasidan isitiş moslamalarini noqonuniy sotgan şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 186¹-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Içki işlar vazirligi fuqarolarni isitiş qozonlari va moslamalarini sertifikat hamda kafolat hujjatlariga ega rasmiy dökonlardan xarid qilişga çaqirdi. Şuningdek, şubhali şaxslar tomonidan qölma-qöl sotilayotgan, işlatilgan va arzon narxdagi mahsulotlardan ehtiyot böliş, uskunalarni örnatiş va ularga xizmat körsatişni faqat malakali mutaxassislarga işoniş zarurligi eslatildi.