«Oʻzgidromet» maʼlumotiga koʻra, ayrim kunlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 10–11 sentyabr kunlari esa Buxoro va Navoiy viloyatlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor.
Hafta davomida harorat kechalari 15–20 daraja, kunduz kunlari 32–37 daraja atrofida boʻladi. Respublika shimoli-gʻarbida kunduzgi harorat 30–33 darajadan 25–28 darajagacha pasayadi.
7 va 11 sentyabr kunlari respublika togʻli hududlarining ayrim joylarida ham qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. 8–10 sentyabr kunlari shimoliy va choʻl hududlarida, 11 sentyabrda esa respublika boʻyicha ayrim joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda kuchli shamol chang-toʻzon bilan kuzatiladi.
Toshkentda hafta davomida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Tunda harorat 17–20 daraja, kunduzi esa 32–34 darajadan 35–37 darajagacha koʻtarilib boradi.