Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 344,6 ming taga koʻpaygan.

Qayd etilishicha, aholiga tegishli avtotransport vositalarining asosiy qismini engil avtomobillar tashkil etadi. Ularning ulushi jami avtotransport vositalarining 92,8 foiziga teng boʻlib, soni 4 million 552,3 ming tani tashkil qilgan.

Shuningdek, jismoniy shaxslarga tegishli:

  • yuk avtomobillari — 330,3 ming ta;
  • mikroavtobuslar — 7,5 ming ta;
  • maxsus transport vositalari — 7,2 ming ta;
  • avtobuslar — 5,8 ming ta etib qayd etilgan.

Statistika maʼlumotlari mamlakatda aholi ixtiyoridagi avtotransport vositalari soni yil sayin oʻsib borayotganini koʻrsatmoqda.