Qayd etilishicha, Bugun kunduz Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Faqat Fargʻona vodiysining ayrim joylarida, shuningdek, respublikaning togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatiladi. Havo harorati +25…+28 daraja atrofida, respublika janubida va choʻl hududlarida +30…+33 darajagacha boʻladi.
Keyinchalik ish haftasining oxirigacha Oʻzbekistonning barcha hududlarida yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kundan kunga koʻtariladi. 15 may kuniga kelib kunduz havo +32…+35 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda +36…+38 darajagacha isiydi.
Shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida 12−15 may kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 12 mayda +25…+27 daraja boʻladi, 13−15 mayda +32…+34 darajagacha koʻtariladi. Shamol sharqdan oʻrtacha tezlikgacha esadi.