O‘zbekistonda ajrimlar darajasi xalqaro ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha past bo‘lib, bu jamiyatda oilaviy qadriyatlar ustuvor ekanini va nikohlar barqarorligini ko‘rsatadi.
«Oila va gender » ilmiy-tadqiqot instituti bu boradagi tahlillarini e’lon qildi .
2025 yil holatiga ko‘ra , O‘zbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni tashkil etgan .
Bu har 1000 ta nikohga o‘rtacha 175 ta ajrim to‘g‘ri kelishini anglatadi . Mazkur ko‘rsatkich xalqaro miqyosda past bo‘lib , mamlakatda ajrimlar darajasi ko‘plab davlatlarga nisbatan ancha kam ekanini ko‘rsatadi .
Jumladan , nikoh barqarorligi koeffitsiyenti Moldovada – 642,7, Ozarbayjonda – 431,9, Qozog‘istonda – 328,2, Qirg‘izistonda esa – 289,6 promilleni tashkil etadi .
Bu raqamlar bilan solishtirganda , O‘zbekistonda oila instituti nisbatan barqaror ekani namoyon bo‘ladi .
Hududlar kesimida tahlil qilinganda , Qashqadaryo , Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda . Aksincha , Toshkent shahri , Sirdaryo va Toshkent viloyatida ajrimlar nisbatan yuqoriroq ekani kuzatiladi .