Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yo‘nalish ertalabki tirband vaqtda — soat 07:00 dan 08:00 gacha harakat qiladi. Buning uchun 4 ta katta sig‘imli avtobus jalb etiladi.

Avtobuslar talabalarni «Mirzo Ulug‘bek» metro bekati oldidan olib, quyidagi yo‘nalish bo‘yicha O‘zDJTUga yetkazadi:

— «Mirzo Ulug‘bek» metro bekati;
— Taxtagul;
— TХAY;
— Lutfiy;
— Ko‘kcha Darvoza;
— Zakovat ko‘chalari;
— O‘zDJTU.

Ayni paytda talablarning katta qismi universitetga borish uchun «Chilonzor» metro bekatigacha yetib kelib, keyin avtobuslarga o‘tadi. Bu esa ertalabki tirband vaqtda mazkur yo‘nalishlarda jamoat transportiga tushadigan yuklamani oshiradi.

Yangi vaqtinchalik yo‘nalish talabalarga «Mirzo Ulug‘bek» metro bekatidan universitetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib borish imkonini beradi. Shuningdek, «Chilonzor» metro bekati va unga tutash jamoat transporti yo‘nalishlaridagi yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.

Eslatma: avtobuslar faqat ertalabki tirband vaqtda — 07:00 dan 08:00 gacha qatnaydi.