Qayd etilishicha, 2024 yilda ishlash maqsadida Sankt-Peterburgga ketgan o‘zbekistonlik fuqaroning joriy yil mart oyidan oilasi bilan aloqasi uzilgan. O‘rganishlar davomida uning ruhiy holatida o‘zgarishlar kuzatilgani va qarovsiz qolgani aniqlangan. Migratsiya agentligi ko‘magida fuqaro Sankt-PeterburgToshkent reysi orqali Vatanga qaytarilgan.

Joriy yilning 7 oyida Vatanga qaytarilgan fuqarolarning:

  • 1 306 nafarimurakkab moliyaviy ahvolda qolgan;
  • 518 nafaribolali ayollar;
  • 1 022 nafaribolalar;
  • 42 nafarimaxsus tibbiy tashish orqali olib kelingan.

Tibbiy kuzatuv talab etilgan 15 nafar fuqaro Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorlari nazorat ostida Vatanga olib kelingan.

Fuqarolarni qaytarish bilan bog‘liq transport, tibbiy, tashkiliy va boshqa zarur xarajatlar uchun Migratsiya jamg‘armasidan jami 9 mlrd 936 mln so‘m mablag‘ sarflangan.