Agar emlash vositalari tanqisligi muammosi bartaraf etilsa, 2030 yilga borib, bu ko'rsatkich yana 30 foizga oshishi mumkin.
Biroq oxirgi yillar, xususan, pandemiya davrida dunyo bo'yicha aholining vaktsinalarga bo'lgan ishonchi pasayib borayotgani xavotirli holat. YUNICEF tomonidan e'lon qilingan so'nggi hisobot ushbu muammo tahliliga bag'ishlandi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy so'rovda ishtirok etgan 55 davlatdan 52 tasida uch yil ichida bolalarni emlashga nisbatan jamoatchilik ishtiyoqi pasaygan.
Hindiston, V`etnam, Xitoy davlatlarida immunizatsiyaning ahamiyatini yuqori, Yaponiya, Janubiy Koreya va Papua-Yangi Gvineyada esa aksincha past baholashgan.
Evropa davlatlari o'rtasida Portugaliya, SHvetsiya va Irlandiya aholisining vaktsinalarga ishonchi baland. Xorvatiya, Latviya va Rossiyada esa buning aksi kuzatilgan.
Shunga qaramay, bolajonlarimiz sog'ligi uchun vaktsinalar zarur, deb hisoblovchilar qatlami 80 foizdan yuqori bo'lib chiqdi.
Hisobotda keltirilishicha, 2019-2021 yillar davomida 48 million nafar o'g'il-qiz yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsina olmagan. 19 million bola esa to'liq bosqichda emlanmagan.
Bu, turli epidemiyalar, masalan, 2021-2022 yillarda qizamiq bilan kasallanish ko'rsatkichlari ikki baravar ko'payishiga sabab bo'ldi.
Qolaversa, ekspertlar bemorlar soni ortishi Afrika va Janubiy Osiyoda vaktsinalar taqchilligi muammosi bilan ham bog'liq, degan xulosada.
Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan – YUNISEF
Tadqiqotlarga ko'ra, vaktsinalar yiliga o'rtacha 4,5 million kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi.
Qarshi hokimi o‘rinbosari xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgani uchun 41 mln so‘m jarimaga tortildi
- Surxondaryoda uch nafar o‘smir suvga cho‘kib halok bo‘ldi
- BMTning inson huquqlari mexanizmlarida parlamentning o‘rni va ishtiroki
- Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
- Yangi xonadonlarga aqlli hisoblagichlar o‘rnatiladi
- Andijonda tillalarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar toʻxtatib qolindi
Olimlar oltinning nima uchun rangsizlanmasligini aniqlashdi
- Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtlar e’lon qilindi
- O‘zbekistonda 26-maydan maktab o‘quvchilarini bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish vaqtincha to‘xtatiladi
- O‘zbekiston milliy jamoasining JCh-2026 uchun tarkibi e’lon qilindi
- Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?