Agar emlash vositalari tanqisligi muammosi bartaraf etilsa, 2030 yilga borib, bu ko'rsatkich yana 30 foizga oshishi mumkin.
Biroq oxirgi yillar, xususan, pandemiya davrida dunyo bo'yicha aholining vaktsinalarga bo'lgan ishonchi pasayib borayotgani xavotirli holat. YUNICEF tomonidan e'lon qilingan so'nggi hisobot ushbu muammo tahliliga bag'ishlandi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy so'rovda ishtirok etgan 55 davlatdan 52 tasida uch yil ichida bolalarni emlashga nisbatan jamoatchilik ishtiyoqi pasaygan.
Hindiston, V`etnam, Xitoy davlatlarida immunizatsiyaning ahamiyatini yuqori, Yaponiya, Janubiy Koreya va Papua-Yangi Gvineyada esa aksincha past baholashgan.
Evropa davlatlari o'rtasida Portugaliya, SHvetsiya va Irlandiya aholisining vaktsinalarga ishonchi baland. Xorvatiya, Latviya va Rossiyada esa buning aksi kuzatilgan.
Shunga qaramay, bolajonlarimiz sog'ligi uchun vaktsinalar zarur, deb hisoblovchilar qatlami 80 foizdan yuqori bo'lib chiqdi.
Hisobotda keltirilishicha, 2019-2021 yillar davomida 48 million nafar o'g'il-qiz yuqumli kasalliklarga qarshi vaktsina olmagan. 19 million bola esa to'liq bosqichda emlanmagan.
Bu, turli epidemiyalar, masalan, 2021-2022 yillarda qizamiq bilan kasallanish ko'rsatkichlari ikki baravar ko'payishiga sabab bo'ldi.
Qolaversa, ekspertlar bemorlar soni ortishi Afrika va Janubiy Osiyoda vaktsinalar taqchilligi muammosi bilan ham bog'liq, degan xulosada.
Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan – YUNISEF
Tadqiqotlarga ko'ra, vaktsinalar yiliga o'rtacha 4,5 million kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi.
Ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reyestri yuritiladi
- O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi
- Kredit va moliyaviy xizmatlar reklamasiga ogohlantirish talabi kiritiladi
- FOTON va MKBANK strategik hamkorlik va bo‘lib to‘lash shartlari!
- Toshkentda 4 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarining “zakladka” usulida tarqatilishiga chek qoʻyildi
- Oʻqishini koʻchirish boʻyicha rad etilgan arizalarni 10 avgustga qadar tahrirlash mumkin
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- "Alisher Navoiy" hamda "Paxtakor" metro bekatlari oralig‘idagi eskalatorlardan biri yo‘lovchilar uchun foydalanishga qayta topshiriladi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Shahrisabz tumani hokimiga qarshi xizmat tekshiruvi o‘tkazishni so‘radi