Ilgari tadbirkorlar davlat korxonalarining buyurtmalarini tört-beşta alohida platforma orqali kuzatişga majbur edi. Endilikda barça davlat buyurtmalari bitta platformada aks ettiriladigan tizim joriy qilindi.

Bundan taşqari, 1-yanvardan davlat xaridlari böyiça uç yillik rejalarni oldindan eʼlon qiliş boşlanadi. Bu tadbirkorlarga talabni oldindan bilib, işlab çiqarişni kengaytiriş, yangi uskunalar xarid qiliş va investorlar jalb etiş imkonini beradi.

Davlat xaridlarida faqat eng arzon narxga qarab mahsulot tanlaş amaliyoti qayta körib çiqiladi. Çunki arzon import mahsulotning keyingi ekspluatatsiya xarajatlari ança yuqori bölişi mumkin.

Masalan, nazorat xaridi doirasida örganilgan ikkita 40 kilovattli transformatordan import mahsulot mahalliysidan 400 ming söm arzon bölgan. Ammo uning elektr energiyasining sarfi 10 foizga, foydalaniş davridagi taʼmirlaş xarajati esa tört barobarga yuqoriligi aniqlangan.

Şu sabab davlat xaridlarida mahsulotning butun xizmat muddati davomidagi xarajatlarni baholaş tizimi – “life cost” yondaşuvi joriy etiladi. Bunda xarid narxi bilan birga elektr sarfi, taʼmirlaş, servis va foydalaniş xarajatlari ham hisobga olinadi.