Xususan:

Andijon viloyati

Oltinko‘l tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining 300 mln so‘mlik;

Farg‘ona viloyati

“Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasining 7 ta 2,5 mlrd so‘mdan ziyod;

Jizzax viloyati

Zarbdor tumani 2-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 2 ta 1,4 mlrd so‘mdan ziyod;

Namangan viloyati

Chust tuman tibbiyot birlashmasining 1,8 mlrd so‘mga yaqin;

Navoiy viloyati

Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligining 7 ta 1,7 mlrd so‘mga yaqin;

Samarqand viloyati

“O‘zyo‘lko‘prik klasteri” Samarqand filialining 1,7 mlrd so‘mlik;

“Ozodlik” DMning 410 mln so‘mlik

eng yaxshi takliflarni tanlash va tanlov (tender) savdolarini o‘rganish natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

Yuqoridagilarga muvofiq, qo‘mitaning hududiy boshqarmalari maxsus komissiyalari tomonidan qonun talablari buzilishi alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, ayrim holatlarda moliyaviy jarima qo‘llash hamda huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga yuborish bilan birga, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.