Poytaxtda jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish va yoʻl harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish doirasida avtobuslar uchun ajratilgan yoʻlaklar tarmogʻi kengaytirilmoqda. Shu bilan birga, mavjud infratuzilmadan belgilangan qoidalar asosida foydalanilishini taʼminlash choralar koʻrilmoqda.
Taʼkidlanishicha, boshqa koʻchalardagi avtobuslar uchun ajratilgan yoʻlaklarda ham nazorat kamerasi bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.
Avtobus yoʻlaklarining band qilinishi jamoat transporti harakatiga toʻsqinlik qilib, yoʻlovchilarning manziliga kechikib yetib borishiga sabab boʻlishi mumkin. Bir avtobusda bir vaqting oʻzida 50 nafardan ortiq yoʻlovchi boʻlishi mumkinligi hisobga olinsa, bunday kechikish koʻplab insonlarning vaqtiga taʼsir qiladi.
Eslatib oʻtamiz, soat 06:00 dan 23:00 gacha «A» yoʻlaklarida harakatlanish huquqiga ega boʻlmagan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.
Haydovchilardan yoʻl belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilish, belgilangan vaqtda avtobuslar uchun ajratilgan yoʻlaklarga chiqmaslik soʻralmoqda.