Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyevaning ma’lum qilishicha, hozirda ularning aksariyati to‘laqonli va sog‘lom hayotga qaytmoqda.
«Prezident tashabbusi va «Vaqf» xayriya jamoat fondi ko‘magida mamlakat bo‘ylab 18 mingga yaqin bola va katta hayot uchun zarur bo‘lgan davolanish kurslaridan o‘tdi hamda yuqori texnologik va murakkab jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirdi. Bugun ularning ko‘pchiligi to‘laqonli va sog‘lom hayotga qaytmoqda», — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.
Ular orasida Firdavs ismli bola ham bor. Shahnoza Mirziyoyeva tibbiyot muassasasida davolanayotgan boladan xabar olgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining ma’lum qilishicha, og‘ir xastalik tufayli bola shu paytgacha faqat zond orqali ovqatlanishga majbur bo‘lgan. Yaqinda shifokorlar tomonidan unga qizilo‘ngachni qayta tiklash bo‘yicha murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
«Firdavsgа va ayni paytda sog‘ayish bosqichida bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizga tez fursatda to‘liq sog‘ayib ketishlarini tilayman. O‘zingizni asrang, barcha ezgu orzu-istaklaringiz ro‘yobga chiqsин», — dedi Shahnoza Mirziyoyeva.
Har bir muvaffaqiyatli davolanish ortida zamonaviy tibbiyot bilan bir qatorda, inson taqdiriga e’tibor va katta umid mujassam.