2017-yildan buyon mamlakatimiz iqtisodiyoti uch barobar oʻsdi, 150 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiyalar jalb etildi.
2030-yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga yetkazish, sanoat ishlab chiqarishini ikki barobar oshirish, ushbu tarmoqda 2 millionta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish hamda yuqori texnologik mahsulotlar ulushini uchdan bir qismga yetkazish maqsad qilingan.
Bu vazifalarni amalga oshirishda keng qamrovli strategik sherik – Turkiya bilan amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirish muhim oʻrin tutishi taʼkidlandi.