Maʼlum bölişiça, hamyurtimiz Z.H. 2022-yilda işlaş maqsadida Polşaga borib, vaqtinçalik yaşaş ruxsatnomasini rasmiylaştirgan. Biroq doimiy iş topa olmagani sababli 2024-yilda Çexiyaga yöl olgan.

U Çexiyada turli kunlik işlar, jumladan, farroşlik bilan şuğullangan. Ammo huquqiy maqomini rasmiylaştira olmagani va daromadi yetarli bölmagani sababli oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan.

Özbekistonga qaytiş uçun yetarli mablaği bölmagani sababli yurtdoşimiz elçixonaning konsullik bölimiga murojaat qilgan.

Elçixona tomonidan öz vaqtida körsatilgan amaliy yordam natijasida vatandoşimiz 17-noyabr kuni Praga–Istanbul–Samarqand yönalişi orqali Özbekistonga qaytib keldi.

Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari oğir vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarimizni qöllab-quvvatlaş va ularning Vatanga qaytişiga kömaklaşiş borasidagi saʼy-harakatlarini izçil davom ettirmoqda.