Bu haqda Özbekistonning AQŞdagi elçisi Furqat Sidiqov maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, mazkur ayvon Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan AQŞ mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan Amerika Prezidenti Donald Tramp va Amerika xalqiga taqdim etilgan.

Elçi uşbu qimmatli sovğani Amerika xalqi nomidan qabul qilgani uçun Prezident Donald Trampga minnatdorlik bildirgan.

Marosim davomida Prezident Trampning vertolyoti boğ uzra parvoz qilgan. Bu holat tadbirga öziga xos ramziy maʼno bağişlagan.

Özbek milliy meʼmorçiligi va hunarmandçiligining namunalari bölgan ayvonlar ikki mamlakat örtasidagi döstlik va strategik şeriklik ramziga aylanişi kutilmoqda.

Şuningdek, ular dunyoning turli burçaklaridan keladigan sayyohlarga özbek madaniyati va sanʼati bilan yaqindan tanişiş imkonini beradi. AQŞdagi özbek diasporasi uçun esa milliy anʼanalarni asrab-avaylaş va madaniy tadbirlar ötkaziş maskani bölib xizmat qilişi rejalaştirilgan.