Avval Ekopark tomonidan harakatlanib, Mavarounnahr va Mahatma Gandi ko‘chalari tomon qayrilmoqchi bo‘lgan haydovchilar ruxsat etilgan joygacha 2 kilometrdan ortiq masofa bosib o‘tishga majbur edi.
Endilikda qayrilish imkoniyati Abdulla Qodiriy ko‘chasining o‘zida tashkil etildi. Buning natijasida haydovchilarga taxminan 500 metr yo‘l bosishning o‘zi kifoya qiladi.
Ma’lum qilinishicha, o‘zgarishdan so‘ng qayrilish uchun bosib o‘tiladigan masofa qariyb to‘rt barobarga qisqardi, ortiqcha yo‘l esa deyarli 75 foizga kamaydi.
Shuningdek, avval mazkur manevr uchun 6–8 daqiqa vaqt sarflangan bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 1,5–2 daqiqani tashkil etmoqda. Natijada har bir haydovchi o‘rtacha 4–6 daqiqa vaqt tejash imkoniga ega bo‘ladi.
YHTEM ma’lumotiga ko‘ra, ushbu yo‘nalishdan har kuni minglab avtomobillar foydalanadi. Yangi yechim nafaqat haydovchilarning vaqtini tejaydi, balki qo‘shni ko‘chalardagi ortiqcha transport oqimini ham kamaytirishga xizmat qiladi.