Tomonlar kompaniyaning mamlakatimizdagi joriy loyihalari portfelini amalga oshirishning dolzarb masalalarini hamda energetika va kimyo sanoatida investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Uchrashuvda ACWA Power kompaniyasining respublika energetika tarmogʻini rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi qayd etildi. Bugungi kunda kompaniyaning mamlakatimizdagi investitsiya portfeli umumiy qiymati 6,8 milliard dollardan ortiq va umumiy quvvati 5,5 GVt dan ortiq boʻlgan 8 ta loyihadan iborat. Kompaniya muvaffaqiyati Oʻzbekistonni qulay investitsiyaviy yoʻnalish va Markaziy Osiyo mintaqasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha yetakchi markaz sifatida ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Sirdaryo viloyatida quvvati 1,5 GVt boʻlgan bugʻ-gaz elektr stansiyasini, Buxoro viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida umumiy quvvati 2,6 GVtga teng shamol elektr stansiyalarini hamda Samarqand va Toshkent viloyatlarida 1,4 GVt quvvatga ega quyosh stansiyalarini qurish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishning dolzarb masalalari yuzasidan konstruktiv fikr almashildi. Loyihalarni jadal ishga tushirishni taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar kompleksini qabul qilishga kelishildi.
Alohida tartibda bir qator yangi tashabbuslar koʻrib chiqildi. Shu tariqa, tomonlar zarur jarayonlar yakunlangani va yiliga 3 ming tonna quvvatga ega “yashil” vodorod ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi loyihasi boʻyicha yangi kelishuvlar tuzilganini olqishladi. Qurilish ishlari joriy yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Bundan tashqari, shamol turbinalari uchun uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini jadallashtirish istiqbollari muhokama etildi. Ikkala tomonning fikriga koʻra, mazkur loyihaning Oʻzbekistonda amalga oshirilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish geografiyasi va hajmlarini sezilarli darajada kengaytiradi va mazkur texnologiyalarning ichki bozorda ommabopligini oshiradi.
ACWA Power kompaniyasi Oʻzbekistondagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtiryapti
Joriy yil 10-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir Laziz Kudratov ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻistondagi xalqaro tadbirlarda ishtirok etadi
- Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
- Toshkentda «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi boshlandi
- Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 73,7 mlrd soʻm kompensatsiya toʻlab berildi
- Surxondaryoda «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi
- Migratsiya agentligi samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi ingliz tilidan B2 darajadagi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi
- Prezidentimiz Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi
- Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
- O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi