O‘zgidromet rahbarining tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent, Buxoro viloyati, Navoiy viloyati, Samarqand viloyati, Jizzax viloyati, Sirdaryo viloyati, Qashqadaryo viloyati hamda Surxondaryo viloyati hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi ba’zan 20–22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida esa shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang-to‘zonlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.