Nizom Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, xalqaro olimpiadada 14-18 yoshdagi chet elda istiqomat qiluvchi vatandosh bo‘lgan maktab o‘quvchilari yakka yoki jamoaviy tarzda ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.
Xalqaro olimpiada har yili oktyabr oyigacha 2 bosqichda (test topshiriqlari va yozma ish shaklida) o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar jamoaviy yoki yakka tartibda offline va online shaklda ishtirok etishlari mumkin.
Xorijiy davlat terma jamoalari tarkibi 6 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat bo‘ladi.
1 ta davlatdan 3 tagacha terma jamoa ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
1-bosqichda (test) ishtirokchilar umumiy 50 ball bilan baholanadigan 30 ta test topshiriqlarini bajaradilar.
2-bosqichda (yozma ish) ishtirokchilar Hakamlаr hay’ati tomonidan taqdim etilgan 5 tagacha yozma ish (esse) mavzulari orasidan qur’a tashlash yo‘li bilan tanlangan 1 ta mavzu asosida ijodiy ish yozadilar.
Olimpiada g‘olib va sovrindorlari oltin, kumush, bronza medallari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.