Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Andijon tumani ETK Kuyganyor bölimi boşliği örinbosari Z.S. va bölim muhandisi X.T.lar özaro til biriktirib, fuqaro M.Q.ga “Noxatak” MFY hududidagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasida elektr hisoblagiçga taşqi taʼsir körsatganligi holati yuzasidan tuzilgan dalolatnomaga köra göyoki 400 mln söm zarar çiqişini agar 2 000 AQŞ dollari bersa uşbu zararni 65 mln sömga kamaytirib berişlarini aytib, 2 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.