Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagan.
Tekshiruvlar davomida mazkur attraksion tegishli davlat idoralarining hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarsiz noqonuniy faoliyat yuritib kelgani aniqlangan.
Hodisa joyiga FVV xodimlari hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari yetib borgan. Ishchi guruh xulosasiga ko‘ra, zipline demontaj qilinib, uni tashkil etgan shaxslarga nisbatan jarima qo‘llanilgan.
FVV fuqarolarni tegishli ruxsatnomalarsiz faoliyat yuritayotgan attraksionlardan foydalanmaslikka chaqirdi. Noqonuniy attraksionlar inson hayoti va sog‘ligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi eslatildi.