Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish va iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Elektr ta’minotida rejali va rejadan tashqari o‘chishlar haqida har bir tuman elektr ta’minoti korxonasii (ETK) tomonidan tashkil etilgan telegram guruhlarda e’lonlar berib borilmoqda.
Xususan, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Sergeli ETK kabi telegram guruhlari orqali muntazam ravishda ma’lumot berilyapti.
Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatlari hokimliklari tomonidan tashkil qilingan telegram guruhlari orqali aholi elektr ta’minotidagi uzilishlar haqida xabardor qilinmoqda.