Muloqotda suv xoʻjaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish, nasos stansiyalarining energiya samaradorligini oshirish, yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Oʻzbekistonda Prezident tashabbusi bilan suv xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, mamlakatning Barqaror rivojlanish maqsadlarining 6-maqsadi — «Toza suv va sanitariya» yoʻnalishida erishgan natijalari haqida maʼlumot berildi. Qayd etilishicha, bu tajriba Nyu-York shahrida oʻtayotgan Barqaror rivojlanish boʻyicha yuqori darajadagi siyosiy forum (HLPF) doirasida xalqaro hamjamiyatga taqdim etilmoqda.
Tomonlar umumiy qiymati 267 million AQSH dollariga teng «Pskent Texnopark» investitsiya loyihasini amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Loyiha doirasida nasoslar, turbinlar, generatorlar, yuqori kuchlanishli elektr dvigatellari va boshqa zamonaviy elektrotechnik uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferini amalga oshirish hamda zamonaviy sanoat quvvatlarini yaratish rejalashtirilgan.
Shuningdek, servis xizmatlarini rivojlantirish, muhandis kadrlar tayyorlash va mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish masalalari ham koʻrib chiqildi.
Kompaniya vakillari AQSH va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan yirik sanoat loyihalari tajribasini taqdim etib, zamonaviy muhandislik yechimlari va innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirdilar.
Uchrashuv yakunida Shavkat Xamraev kompaniya rahbariyatini joriy yil kuzida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Suvni tejash boʻyicha Butunjahon forumi hamda Water Tech Expo 2026 xalqaro koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.
Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferini rivojlantirish va suv xoʻjaligi sohasini modernizatsiya qilish boʻyicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.