Tarixning qadim söqmoqlaridan mardonavor ötib kelayotgan xalqimiz, mana, ön yildirki, yangi davr, yangi zamon – Yangi Özbekiston dovonlarini qatʼiy işonç, aniq va puxta reja, yuksak aql-idrok bilan zabt etib kelmoqda. Ötgan yillarda barça jabhalarda xalqimizning yaratuvçanlik va bunyodkorlik salohiyati jöş urib, tayanç nuqta topilsa, eʼtibor va rağbat bölsa, aslida bunday imkoniyatlar biz öylagandan, çamalagandan ham köra köproq ekanligi yaqqol namoyon bölmoqda.
Quvonarlisi, bugungi yutuq va marralar hali çegara emas. Davlatimiz rahbari Mustaqilligimizning 35 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqida kelgusi ön yillikni “milliy yuksaliş davri” sifatida eʼtirof etgani şundan dalolat beradi. Şu maʼnoda, uşbu maʼruzada ilgari surilgan yetti milliy dastur bölğusi ön yillikning yangilaniş, taraqqiyot va yuksak istiqbol falsafasini ifodalaydi.
Ayni jarayonda bilim va tafakkurni asosiy kapitalga aylantiriş, soğlom hamda uzoq umr köradigan avlod, yuqori texnologiyali va raqabatbardoş iqtisodiyot, suv hamda ekologik barqarorlik, qonun ustuvorligi, mahallalarni jamiyat taraqqiyotining faol böğiniga aylantiriş Özbekistonning tinçlikparvar hamda oçiq davlat sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlaşga qaratilgan hayotbaxş dasturlar bir-birini izçil ravişda töldiradi. Bu boradagi zamonaviy yondaşuvlar mazmun-mohiyatida “inson manfaatlari”, “inson qadri” singari ezgu tamoyillar mujassam ekanligi yanada ahamiyatlidir.
Maʼruzada qayd etilganidek, aholi salomatligini muhofaza qilişga ajratilayotgan mablağ sönggi yillarda 8 karradan ziyod oşirildi. Sifatli tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyati markazda ham, hududlarda ham kengayib, jahon andozalari darajasidagi muhtaşam tibbiyot muassasalari bunyod etildi hamda xususiy sektorga keng imkoniyat berildi. Natijada yurtimizda tibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oşdi, ilgari xorijda bajarilgan 100 dan ortiq murakkab diagnostika va davolaş usullari yölga qöyildi.
Buning samarasi sifatida xalqimizning örtaça umr köriş davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoşdan 2025-yilda 75,4 yoşga yetdi, gödaklar va onalar ölimi 4 barobar kamaydi.
Bu xususda gap ketganda, Farğona viloyatida keyingi yillarda aynan tibbiy xizmat sifatini oşiriş, kasalliklar profilaktikasi va soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, xususiy sektor va tibbiy turizmni faol qöllab-quvvatlaş hamda xalqaro hamkorlikni keng yölga qöyiş borasida erişilayotgan natijalar eʼtiborga molik. Ayni paytda viloyatda 1 370 ta tibbiyot muassasasi faoliyat körsatayotgani, şundan 998 tasi xususiy sektor hissasiga töğri kelişi sohadagi yangilanişlar jarayoni neçoğli jadal va ulkan ekanligini anglatadi.
Taʼkidlaş kerakki, mamlakatimiz tibbiyoti ilgarigi qoğozbozlik, byurokratiya, ovoragarçiliklardan xoli, zamonaviy raqamlaşgan tizimga aylanib ulgurdi, keng maʼnoda xalqqa yaqinlaşdi. Viloyatimizda birinçi böğinda sifatli va malakali xizmat körsatiş imkonini yaxşilaş maqsadida 147 ta oilaviy poliklinika, 160 ta oilaviy şifokor punkti faoliyat körsatmoqda. Öz navbatida şahar-tumanlar kesimida 46 ta şifoxona, 18 ta köp tarmoqli markaziy poliklinika hamda zamonaviy mezonlar asosida taşkil etilgan maslahat-diagnostika bölimi xalqimiz xizmatida. Taʼkidlaş örinliki, bu borada son emas, sifat, xavfsizlik tamoyillari ustuvor hisoblanadi.
Bu borada keyingi yillarda viloyat tibbiyot markazlari va filiallariga zamonaviy diagnostika (KT, MRT, raqamli rentgen, ultratovuş) jihozlari örnatilib, ilgari poytaxtda yoki xorijda bajarilgan murakkab kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, ortopedik hamda endovaskulyar jarrohlik amaliyotlari farğonalik şifokorlar tomonidan muvaffaqiyatli bajarilmoqda.
Birgina joriy yilning ötgan davrida viloyat miqyosida qariyb 14 ming nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari ötkazildi. Ayni yönalişda şahar-tumanlarda 25, viloyat darajasida esa 135 turdagi yuqori texnologik laparoskopik, torakoskopik va endovaskulyar jarrohlik amaliyotlari hamda davolaş usullari amaliyotga keng tatbiq etildi. Natijada bemorlarning poytaxtdagi ixtisoslaşgan markazlarga borişi 75 foiz hamda xorijdan najot izlaşi 40 foizga kamayişiga erişildi.
“Elektron soğliqni saqlaş” tizimi doirasida elektron retsept, mutaxassis qabuliga onlayn yoziliş va bemorlarning elektron tibbiy kartalarini yuritiş tizimi bosqiçma-bosqiç joriy etilyapti. Ayni jarayonda Farğona viloyatida soğliqni saqlaş tizimini raqamlaştiriş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlarning tezkorligi, şaffofligi va sifatini oşiriş maqsadida “DMED” yagona tibbiy axborot tizimi imkoniyatlaridan unumli foydalaniş yölga qöyilmoqda. Şu yilning 1-oktyabr holatiga köra, viloyat böyiça 4 220 854 nafar aholining 4 million nafardan ziyodi “DMED” tizimiga biriktirilib, elektron tibbiy karta bilan qamrab olindi. Bu viloyatda istiqomat qilayotgan umumiy aholining qariyb 95 foizini taşkil etadi.
Zamonaviy yondaşuv elektron tibbiy karta orqali bemorning şifokorga murojaati, taşxis, laboratoriya va diagnostik tekşiruv natijasi, qabul qilingan davolaş çorasi, elektron retsept va yöllanmalar böyiça maʼlumotlarni yagona tizimda yuritiş imkonin beradi.
Öz navbatida davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalarini elektron şaklda tayinlaş va bemorlarga retsept beriş jarayoni bosqiçma-bosqiç elektron körinişga ötkazilmoqda. Şu yilning ötgan davrida viloyatda elektron tizim orqali 140 mingga yaqin retsept rasmiylaştirilgan bölib, yangi tizim asosida xizmat körsatiş hajmi 99,8 foizni taşkil etdi. Hozirgi kunda xususiy tibbiyot muassasalari hamda dorixonalarni ham töliq elektron retsept tizimiga integratsiya qiliş işlari davom etmoqda.
Aholiga qulaylik yaratiş va tibbiyot muassasalaridagi navbatlarni qisqartiriş maqsadida bemorlarni şifokor va tor soha mutaxassislari qabuliga elektron tarzda yoziş hamda tibbiyot muassasalari örtasida elektron yöllanma beriş amaliyoti joriy etilayotir. 2026-yilning ötgan davrida viloyatda 124 mingta elektron yöllanma şakllantirildi va şu asosda xizmat körsatildi.
Umuman olganda, davr talabi asosida viloyatdagi barça tibbiyot muassasalarida elektron navbat, laboratoriya axborot tizimi (LIS), tibbiy tasvirlarni saqlaş va almaşiş (PACS), kassa, ombor va boşqa raqamli modullarni joriy etiş hamda ulardan samarali foydalaniş böyiça tizimli işlar olib borilyapti. Tizimdan töğri foydalaniş uçun şahar va tuman tibbiyot birlaşmalarida IT mutaxassislari faoliyati taşkil etildi. Şu bilan birga, tibbiyot muassasalarining kompyuter texnikasi, planşetlar, lokal tarmoq va yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlaniş darajasi yaxşilandi.
Hayotbaxş özgarişlar jarayonida tez tibbiy yordam avtoparki zamonaviy reanomobillar va zarur asbob-uskunalar bilan yangilanib, çaqiruvlarga yetib boriş vaqti sezilarli darajada qisqartirildi. Tez tibbiy yordam xizmatida “Med data” elektron tizimining joriy etilişi çaqiruvlarni qabul qiliş, röyxatga oliş va brigadalarga yönaltiriş jarayonini takomillaştirdi. Respublika tez tibbiy yordam markazi Farğona filalining 308 ta brigadasi töliq planşetlar bilan taʼminlanib, elektron tizim yordamida ularning harakati va çaqiruvlarning bajarilişi tezkor muvofiqlaştirilmoqda.
Elektron tizim orqali bajarilgan çaqiruvlar, körsatilgan tibbiy xizmatlar, qöyilgan taşxislar hamda ularning belgilangan standartlarga muvofiqligi böyiça maʼlumotlar qayd etib boriladi. Bu tez tibbiy yordam xizmatining kundalik faoliyatini tahlil qiliş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş va aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşirişda muhimdir.
2025-yili Quva tumani soğliqni saqlaş tizimini yangiça taşkil etiş böyiça respublika miqyosidagi 15 ta tajriba-sinov hududidan biri sifatida tanlangani uşbu sohadagi islohotlarni sifat jihatdan yangi bosqiçga kötardi. Bu tajriba doirasida birlamçi tibbiy xizmatni qayta taşkil etiş, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxşilaş, laboratoriya xizmatlarini markazlaştiriş va sohaga raqamli yeçimlarni joriy etişga jiddiy eʼtibor qaratildi. Şu maqsadda respublika byudjetidan 285 milliard söm, bunga qöşimça ravişda mahalliy byudjetdan 10 milliard söm yönaltirildi.
Şu yilning boşida Respublika tez tibbiy yordam markazi Farğona viloyati filialida tez tibbiy yordam xodimlarini tayyorlaş va qayta tayyorlaş öquv-simulyatsiya markazi oçilişi bu kabi izçil saʼy-harakatlarning mantiqiy davomi deyiş mumkin. Loyiha Respublika tez tibbiy yordam markazi va Koreya xalqaro soğliqni saqlaş jamğarmasi — KOFIH hamkorligida amalga oşirilayotgan grant dasturi doirasida taşkil etildi. Dasturning maqsadi — Özbekistonda şifoxonagaça bölgan tez tibbiy yordam xizmati salohiyatini oşiriş.
Ayni şu örinda viloyat soğliqni saqlaş tizimida yildan-yilga xalqaro hamkorlik kölami oşib borayotganini aytib ötiş örinlidir. Xususan, 2025-2026-yillarda Farğona viloyati hokimligi delegatsiyasining xorijiy safarlari, viloyat hokimligidagi qabullar jarayonida xalqaro tibbiyot muassasalari, investitsiya kompaniyalari hamda farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlikning yangi yönalişlari şakllantirildi.
Istiqbolli hamkorlik kölami xorijdan mutaxassis taklif qiliş yoki şifokorlarni malaka oşirişga yuboriş bilan çeklanib qolmaydi. Bu borada zamonaviy köp tarmoqli şifoxona quriş, xususiy klinikalar taşkil etiş, laboratoriya-diagnostika xizmatlarini rivojlantiriş, gemodializ markazlari oçiş, dori vositalari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş hamda tibbiy taʼlimni xalqaro tajriba asosida takomillaştiriş kabi yönalişlar qamrab olingan.
Aytaylik, viloyat hokimligi delegatsiyasining joriy yil oktyabr oyida Saudiya Arabistoniga taşrifi çoğida yirik xalqaro loyihalardan biri — Farğona şahrida 800 örinli zamonaviy köp tarmoqli şifoxona taşkil etişga kelişildi. Farğona şahrida qad rostlaydigan mazkur şifo maskanida kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, organ transplantatsiyasi kabi yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni yölga qöyiş közda tutilgan. Loyiha doirasida beşta ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazi filiallarini yagona majmuaga birlaştiriş ham rejalaştirilgan. Şuningdek, şifoxona negizida tibbiy taʼlim, ilm-fan va amaliyotni birlaştiruvçi “Fergana Plus” klasterini taşkil etiş taşabbusi ham ilgari surildi.
Farğona tibbiyotida yaqin istiqbolga möljallangan hamkorlik aloqalarida Saudiya Arabistonidan taşqari Janubiy Koreya, Germaniya, Quvayt, Malayziya, Belarus, Yaponiya, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Kipr va AQŞ singari dunyoning önlab mamlakatlari bilan boğliq taşabbuslar borligi eʼtiborga sazovordir.
Tabiiyki, bu kabi zamonaviy qulayliklar muhayyo etilişi viloyatda tibbiyot turizmi rivojida muhim omil bölmoqda. Bugungi kunda viloyatning Beşariq, Quva, Farğona, Oltiariq, Söx tumanlari, Farğona va Quvasoy şaharlarida uşbu yönalişda katta imkoniyat hamda salohiyat mavjud.
Ota-bobolarimizdan meros “Kasallikni davolagandan köra, uning oldini olgan maʼqul”, degan purmaʼno ibora bugun ham öz mazmun-mohiyatini yöqotmagan. Bugun erta tongda, fayzli oqşomda ozoda va orasta köçalarda jismoniy barkamollik bilan maşğul bölgan, oilaviy sayr qilayotgan hamyurtlarni körganda havasingiz keladi. Ixtisoslaşgan maktablar, taʼlim muassasalari va mahallalardagi sport maydonlari hamişa soğlom turmuş tarzi işqibozlari bilan gavjum. Ayni yönalişda birgina joriy yilning ötgan davrida tegişli masʼul idoralar hamkorligida viloyat miqyosida 37 ming marotabadan ortiq tarğibot tadbtrlari ötkazilgani hamda ularda qariyb 500 ming nafar hamyurtlarimiz qatnaşgani behad quvonarlidir.
Inson uçun eng katta boylik — salomatlik. Oilamiz bağrida xotirjam yaşaş, işlaş, farzandlarimiz kamolini köriş, orzu qilgan işlarimizni amalga oşiriş uçun, avvalo, soğliq kerak. Soğlom hayot, soğlom turmuş tarzi, jismonan va maʼnan barkamollik baxtli hamda farovon yaşaş, umruzoqlik omili ekanligi esa barçamizga yaxşi maʼlum. Bugun Farğona viloyatida amalga oşirilayotgan bu boradagi keng kölamli işlar ana şunday ezgu va xayrli orzular ijobatiga qaratilgan.
Mamlakatimiz yetakçisining eng uluğ, eng aziz bayram – istiqlolimizning 35 yilligi tantanalaridagi nutqi yakunida xalqimizga işonç bilan qilgan murojaati bugungi fikr-mulohazalarimizga munosib sönggi söz böladi:
— Biz bugun keçagidan kuçlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuçli bölamiz. Öttiz beş yillik mustaqil taraqqiyot yölimiz bizga bir haqiqatni örgatdi: xalq va davlat yagona maqsad yölida birlaşib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bölmaydigan marraning özi yöq.
Biz yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va buyuk kelajagimizni birgalikda barpo etamiz!
Xayrullo BOZOROV,
Farğona viloyati hokimi,
Oliy Majlis Senati aʼzosi