Giyohvandlik — inson salomatligi, oilalar osoyiştaligi va yoşlar kelajagiga jiddiy tahdid. Uning noqonuniy savdosidan manfaat közlayotgan şaxslar esa taqiqlangan moddalarni yaşiriş va mamlakat hududiga olib kiriş uçun turli usullarni qöllamoqda.Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlari, Xizmatning Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi, bojxona va içki işlar organlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda ana şunday holat aniqlandi.

Mamlakatimizga kiriş uçun "Ayritom" çegara bojxona postiga kelgan 1966-yilda tuğilgan Afğoniston fuqarosi boşqaruvidagi "Toyota" rusumli avtomobil tekşiruvdan ötkazilganda, uning yukxonasida dvigatel porşeni avtoextiyot qismlari içiga xufyona yaşirilgan qariyb 400 gr. "opiy" giyohvandlik vositasi borligi maʼlum böldi.

Tezkor tadbir şu bilan yakunlanmadi. Mazkur fuqaroning Termiz şahrida vaqtinça yaşab turgan xonadoni ham tekşirildi. U yerda bir neçta avtomobil ehtiyot qismlari içiga yaşirilgan yana 848 gr. "opiy" hamda 551 gr. "geroin" topildi. Aniqlangan holatlar protsessual tartibda hujjatlaştirildi.

Keyingi harakatlar uşbu giyohvandlik vositalarini mamlakatimizda qabul qilib olişi kerak bölgan şaxsni aniqlaşga qaratildi.

Tezkor tadbirlar davomida Surxondaryo viloyati Denov tumanida yaşovçi, 1993-yilda tuğilgan şaxs Şörçi tumani hududida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28 orqali 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 6-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.