Farmonga ko‘ra, Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Baliqchilikni rivojlantirish markazi (Markaz) hamda uning hududiy bo‘linmalari tashkil etiladi.

Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchilar va naslchilikka ixtisoslashgan baliqchilik xo‘jaliklari quyidagi tartibda kafolatlangan suv bilan ta’minlab boriladi:

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari har yili 15-yanvarga qadar sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchilar va naslchilikka ixtisoslashgan baliqchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Markazga kiritib boradi;

Markaz har yili 30 yanvarga qadar baliq yetishtiruvchilar va naslchilikka ixtisoslashgan baliqchilik xo‘jaliklarining suvga bo‘lgan buyurtmanomalari asosida yil davomidagi suvga bo‘lgan ehtiyoji bo‘yicha ma’lumotlarni oylar va subyektlar kesimida shakllantirgan holda Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi;

Suv xo‘jaligi vazirligi har yili 1 martga qadar shakllantirilgan ro‘yxatga asosan suv manbalarini ko‘rsatgan holda suv olish limitlarining oyma-oy grafigini tasdiqlaydi.