Prezidentimizning 2026-yil 28-avgustdagi PF–175-son Farmoniga muvofiq, 1-noyabrdan boşlab EHNAT va TGNHATga ulangan, masofadan öçiriş va yoqiş imkoniyatiga ega hisoblagiçlari mavjud tadbirkorlik subyektlari oylik elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli qiymatining 15 foizini oldindan tölaydi. Bunda oxirgi ikki oy davomida tölov intizomiga rioya qilmaganlar mustasno. Qolgan tölovlar oy davomida qismlarga bölib amalga oşirilişi mumkin.

Şuningdek, mazkur tadbirkorlar uçun elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfi böyiça yozma hisobotlarni taʼminot korxonalariga taqdim etiş majburiyati bekor qilinadi. Elektr energiyasi va gaz taʼminoti böyiça şartnomalar elektron şaklda tuziladi, ularni qoğoz şaklida rasmiylaştiriş tartibi bekor qilinadi.

Yangi tartib tadbirkorlarning aylanma mablağlaridan samarali foydalaniş, ortiqça maʼmuriy jarayonlarni qisqartiriş va biznes faoliyatini yanada qulay taşkil etişga xizmat qiladi.