“Bugun Samarqand dunyo maşvaratining markaziga aylandi. Uni butun dunyo yaxşi köradi. Mening ham Samarqandga mehrim bölakça. Çunki viloyatning birinçi rahbari bölib işlaş jarayonida bu zaminning haqiqiy sehrini sezganman, samarqandliklarning uddaburon, maʼrifatli ekanligiga işonç hosil qilganman. Şu sababli yangi köprik bahonasida sizlar bilan diydorlaşişni niyat qildim”.
Tabiiyki, jamoatçilik vakillari — deputatlar, faxriylar, işbilarmonlar, olimlar, yoşlar öz Prezidentining Samarqandga eʼtibori kuçli ekanini bilgani uçun qalblarida özgaça quvonç tuydi. Ehtimol Samarqand şahrini Şirin şaharçasi bilan boğlovçi, Qoradaryo ustida qurilgan 650 metrli köprik Prezidentimiz taşabbusi bilan barpo etilayotgan boşqa uluğvor binolar oldida oddiy körinar. Biroq biz uçun bu inşoot osmon ustiga qöyilgan qasrga öxşab tuyuldi. Çunki u bundan 25 yil avval aynan Şavkat Mirziyoyev öylagan rejaning asosi edi.
Öşanda aeroport orqasini, daryo sohillarini örganiş çoğida Prezidentimizning “Bu maydonlar Samarqandning darvozasi hisoblanadi, qolaversa, şaharni kengaytirişning katta imkoni, qani endi daryo ustiga köprik qurib yöl oçsak, köplab muammolarimiz hal bölar edi”, degan sözlarini hamon eslaymiz.
Ikkinçidan, bu köprik sayyohlik industriyasining ham timsoli. Binobarin, inşootni öz pulimizga, öz quruvçilarimiz, öz muhandislarimiz barpo etdi. Ana şu faxr, iftixor qalbimizni osmon qadar kötarib turdi.
Bu fikrlarni bildirganimizda davlatimiz rahbari ham tölqinlanib ketdi va xalqaro hamjamiyat bilan işonç köpriklarini, hamkorlik köpriklarini qançalik köp qursak, u bizga şunça salohiyat keltirişini aytdi.
Şu örinda ayrim davlat rahbarlari, yirik korporatsiyalar boşliqlari bilan yillar davomida biz uçun kerakli muammolar ustida ötkazilayotgan muzokaralar mohiyati haqida örtoqlaşdi. Yillar davomida Özbekistonga ikkinçi, hatto uçinçi darajali sifatida qarab kelingan. Ana şunday nuqtai nazarni keskin özgartira oliş oson emasligini, hatto öz hamkorining fikrini özgartiriş neçoğliq qiyinligini bilgan inson uçun bu holatni tuşuniş qiyin emas. Zotan, biz şu jarayonlar samarasini körib turibmiz.
Dunyo yurtimiz bilan hamkorlik qilişga intilyapti
Bu haqda gap ketarkan, Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti rektori, professor, Oliy Majlis Senati aʼzosi, taniqli olim Rustam Xolmurodov könglidagi gapni yaşira olmadi:
“Ikki tizimni, hatto mustaqillik yillarida ham ikki xil iş uslubini körgan kişi sifatida bir holat meni hayratga soladi. Mamlakatda siz boşlagan islohotlar kirib bormagan soha qolmadi hisob. Insonning tuğilişidan tortib, to oxirgi kunigaça bölgan hayotidagi har bir jarayon eʼtiboringizda. Buning ustiga, xalqaro aloqalarda ham boşqalardan özgaça diplomatiya bilan işlayapsiz. Bilasizmi, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio bilan birga kelgan yordamçilardan biri bugun menga qönğiroq qilib, Samarqand Kvant markazi olimlari bilan hamkorlik qiliş niyati borligini aytdi.
Ular özlari taşabbus körsatyapti. Bu hazilakam gap emas, yurtimizdagi ilmiy salohiyatning dunyoning eng qudratli davlati tomonidan eʼtirofi. Oçiği, qançalik fidoyi bölmaylik, islohotlar şitobiga ulgura olmay qolyapmiz...”.
Rustam Xolmurodov haq gapni aytdi. Mamlakatimizda boşlangan islohotlar ön yil içida butun dunyoga böy-basti bilan namoyon böldi. Ayniqsa, yangi Özbekistonni barpo etiş, Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş yölidagi islohotlar samarasida mamlakatimizning tom maʼnoda yangi taraqqiyot davri boşlandi.
Aslida, bu haqda juda köp va xöp yoziş mumkin. Zero, bu borada bosib ötilgan yöl, çekilgan maşaqqatli mehnat, erişilgan tarixiy natijalar tahlili bir neça ön tomlik kitoblarga siğmaydi. Şuning uçun birgina jihatni aytiş bilan kifoyalanaman: mamlakatimiz yalpi içki mahsulot hajmini 2030-yilda 160 milliard dollarga yetkaziş reja qilingan edi. Buni qarangki, uşbu marra joriy yilning özida ortiği bilan bajarilişi va Özbekiston daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar qatoriga kirişi kutilyapti.
Garçi bu kabi iqtisodiy yutuqlar biz uçun tarixiy, xalqaro hamjamiyat uçun esa global logistikadagi uzilişlar va dunyodagi notinç vaziyat fonida sensasion natija hisoblansa-da, bularni birinçi öringa qöyiş adolatdan bölmaydi. Çunki eng katta yutuğimiz — Prezidentimiz taşabbusi va qatʼiy talablari asosida davlat va xalq örtasida işonç qayta tiklangani, jamiyatdagi qörquv va hadik örnini xalqimizga xos bunyodkorlik, tadbirkorlik, vatanparvarlik, hamjihatlik tuyğulari egallaganidir. Boya yuqorida aytilgan raqam ana şu birligimiz, yurt taqdiriga daxldorligimiz, hamfikrligimizning dastlabki samarasi, xolos.
Ha, haqiqatan ham biz bugun uç ming yildan ortiq milliy davlatçiligimiz tarixidagi eng buyuk evrilişlardan birining guvohi bölib turibmiz. Keling, bunga Samarqand viloyati misolida nazar taşlaylik.
Şahar va qişloq tafovuti yöqolyapti
Ötgan ön yil içida har bir tumanda zamonaviy şaharçalar paydo böldi, istirohat boğlari barpo etildi. “Yangi Özbekiston” massivlarida AT markazlar işlab turibdi. Samarqand xalqaro turizm markazi endilikda dunyo hamjamiyatining yirik anjumanlari, siyosiy muloqotlar ötkaziladigan maskanga aylandi. Imom Buxoriy majmuasi qaytadan, buyuk muhaddisning islom olamida tutgan örniga monand uluğvor tarzda barpo etildi.
Qişloqlarimizda tuproq yöllar qolmadi hisob. Bugun Samarqand dalalarida yetiştirilayotgan noz-neʼmatlar dunyoga eksport qilinyapti. Trikotaj mahsulotlari va parrandaçilikda eksport hajmi yil sayin oşmoqda. Har yili önlab startap loyihalar işlab çiqarişga joriy etilayotir. Bir söz bilan aytganda, xalq xöjaligining barça sohasida özgarişlar bor. Bu özgarişlarni öz mutaxassislarimiz, olimlarimiz amalga oşirmoqda.
Prezidentimiz saboği haqida gap borar ekan, bir voqea esimga tuşdi. Şu yilning yoz oylarida Olmaliqda misni boyitiş zavodi işga tuşirildi. Uşbu tadbirda men ham iştirok etgandim. Şu yerda bir holatdan xabar topdim — Şavkat Mirziyoyev bunday korxona yaratiş taklifini kiritganda deyarli barça mutaxassislar bu işning samarasi yöqligini aytgan.
Ammo Prezidentimiz Çilida sakkiz yil davomida qurilgan va hozirça dunyoda yagona hisoblangan şunday zavod hamda uning xomaşyosi masalalarini erinmasdan puxta örgangan va qatʼiy qarorga kelgan. Tabiiyki, yuksak texnologiyalar rivojlangan davlatlardan uslubiy yordam söralgan. Natijada Olmaliqdagi zavod Çilidagi kabi sakkiz emas, balki tört yilda qurib bitkazildi. Bu işni Özbekiston olimlari, mutaxassislari, muhandislari bajardi. Bu saboq soha mutaxassislari işonçini yanada mustahkamladi. Ular endilikda zavodning ikkinçi blokini barpo etmoqda.
Prezidentimizning bizga bergan yana bir saboğini eslamasdan ilojim yöq. Samarqand viloyatida birinçi rahbar bölgan yillarida har bir sohaga şu tizimda tajriba orttirgan fidoyi pensionerlarni jalb etib, maslahat kengaşlari tuzdi. Kengaşlar joylarda işlarni taşkil etişga kömaklaşiş barobarida jamoatçilik nazoratini ham amalga oşirdi. Mineral öğitga pul topilmagan çoğda Kattaqörğon şahrida faoliyatini tugatgan çorvaçilik majmuasida yillar davomida töplanib qolgan juda katta miqdordagi organik öğitni dalalarga taşiş taşkil etildi.
Ayniqsa, Samarqand şahrini obodonlaştirişda hatto özimiz işonmagan işni bajarib körsatdi, yaʼni viloyat jamoatçiligi yordamida şahar köçalari tartibga keltirildi, çiqindidan tozalandi. Asta-sekin bu iş şahar taşkilotlari tomonidan tizimli yölga qöyildi. Bugun köhna kentdagi nafosat, gözallik, obod va toza köçalar aynan öşa davrda boşlangan harakatlar samarasidir.
Maʼnaviy jasorat
Davlatimiz rahbarining xalqaro maydondagi saboqlari ham eʼtiborli. Ayniqsa, har bir davlat öz manfaati uçun jiddiy siyosat yuritayotgan bir paytda munosabatlarda halollik va hamkorlikni taʼminlay oliş oson iş emas. Buning uçun ikki tomonlama juda katta işonç kerak.
Ana şunday nozik bir paytda davlatimiz rahbari özbeklarga xos bağrikengligini namoyiş qildi. Avvaliga ikkilangan davlat rahbarlari ham harakatlarimizdagi samimiyatni körib, bizga moyillik bildirdi. Markaziy Osiyo davlatlari örtasida qisqa fursatda yölga qöyilgan hamkorlik buning yaqqol misolidir.
Xalqaro saboq deganimning sababi bor. Davlatimiz rahbari boşqa davlatlar bilan hamkorlik bir martalik emas, balki doimiy va strategik şeriklik darajasida bölişiga erişa oldi. Avvalo, bu munosabatlarning ilmiy-amaliy konsepsiyasi işlab çiqildi. Bunda ehtiyojlarimiz, imkoniyatlarimiz puxta örganildi. Natijada juda köplab davlatlar bilan strategik, oliy darajadagi hamkorlik örnatildi.
AQŞ davlat kotibi Marko Rubioning Özbekistonga, aniqroği, Samarqandga
200 dan ziyod işbilarmon bilan birga kelişi — tarixiy voqea. Uning özi taʼkidlaganidek, AQŞning bunday katta delegatsiyasi şu paytgaça birorta davlatga amaliy taşrif bilan bormagan. Buning ustiga, ularning keyingi yillardagi bu tarzdagi taşriflari favqulodda holat röy bergan davlatlargagina bölgan. Özbekistonga esa ular aynan öz tijoratini rivojlantiriş, şuning barobarida Özbekiston bilan hamkorlikni yölga qöyiş, barça sohada demokratik islohotlarni amalga oşirayotgan mamlakatni qöllab-quvvatlaş uçun keldi.
Saboqlar... saboqlar... saboqlar... Ular bizning nuqtai nazarimizni özgartirdi. Ular hayotga qaraşimizni boşqaça qildi. Ular masʼuliyatimizni kuçaytirdi. Ular taraqqiyot uçun hamişa kuraş olib borişimizni eslatib turdi. Saboq maʼruza öqiş, kimgadir nimanidir zör berib tuşuntiriş emas, odamlarni real hayotga, yangilikka işontiriş. Saboq maʼnaviy jasorat bilan boğliq. Yurtini, xalqini sevmagan odam bunday xislatga ega bölmaydi.
Bir öylab köring, konvertatsiyani oçib yuboriş uçun öşa davrda yillar davomida ana şu yaşirin iqtisodiyotdan mömay daromad olib turgan qançalab nopok rahbarlarga yomon köriniş yoki öşa tizimni qançalik şiddat bilan isloh qiliş kerak edi. Toşkent şahri “propiska”sini oçişda ham ana şunday jasorat zarur edi. Işbilarmonlarni tekşirişga, daraxtlarni kesişga moratoriy eʼlon qilinişi-çi?
Prezidentimiz ana şu jarayonlarda özida jasorat topa oldi. Çunki mamlakatdagi hur fikrlovçi insonlarga, xalqiga işondi. Natijada biz öz taqdirimizni özimiz özgartira boşladik va bugun mamlakat miqyosidagi loyihalarda butun Özbekiston iştirok etyapti desam, mubolağa bölmaydi.
“Yarmini biz kötaramiz”
Mamlakatimiz yetakçisining yana bir ibratli saboği esimdan çiqmaydi. 2002-yilning bahori. Paxtaçida men öqigan maktabda öquv binosining katta qismi kuçli yomğir tufayli öpirilib tuşdi. Şavkat Mirziyoyev viloyatning birinçi rahbari sifatida ertasigayoq öşa yerga bordi.
Imorat eski, taʼmiri uçun ham ançagina mablağ kerak. Darslarni töxtatib bölmaydi. Nima qiliş kerak? Şunda uşbu maktabda öqigan işbilarmonlar hamda xöjalik rahbari Fotima Töxtapölatovani maslahatga taklif etdi. Hamma öz fikrini aytdi. Hudud böyiça hokim örinbosari mablağ kamligini bildirdi. Şavkat Mirziyoyev masalaning dolzarbligini aytib, qölidan kelganiça yordam berişini tuşuntirdi. Xöjalik raisi va tadbirkorlar xarajatning yarmini kötaradigan böldi va natijada maktab binosi qisqa fursatda taʼmirdan çiqarildi.
Öşandan keyin juda köp joylarda muammoni hal qilişda jamoatçilik, faollar, tadbirkorlar viloyat hokimi bilan uçraşuvda “yarmini biz kötaramiz” taşabbusi bilan çiqa boşladi. Byudjet mablağlari taqçil bir vaqtda bu taşabbus katta samara berdi. Bugun esa maktablar, bolalar boğçalari qurilişi va taʼmiriga yetarliça mablağ ajratilyapti. Bu saboq ham ana şunday xayrli işlarning boşlanişiga asos bölgan edi.
Sayyohlik — asosiy tarmoqlardan biri
Samarqand davlat tibbiyot universiteti professori, universitet birinçi klinikasi boş vraçi Nargiza Abdullayeva xalqaro sayyohlikdagi islohotlar samarasi şifoxonalargaça yetib kelganini aytdi. Jumladan, ötgan yili uşbu şifoxonada davolanganlarning 12 foizini, joriy yilning hozirgaça bölgan davrida 30 foizini xorijliklar taşkil qilgan. Endilikda Samarqandda eng murakkab jarrohlik operatsiyalari amalga oşirilmoqda. Buning uçun Amerika, Hindiston va Germaniyaga borişga hojat qolmayapti.
Bu mulohazadan keyin Prezidentimiz viloyatga hokim bölib kelganidagi bir voqeani esladi. Çarçoq tufayli yuragida bezovtalik sezgan va 1-klinikaga borgan. Hokim şifokor Anita Soy eski EKG uskunasidan foydalanganini körib, hayron qoladi. Samarqanddek joyda tibbiyotning ahvoli oğirligidan afsus çekadi. Keyinçalik boş vraç Nurmamat Abdullayev bilan birgalikda şifoxonani zamonaviy uskunalar bilan jihozlaşga kirişadi. Öşa harakatlarning samarasi bugun hammaga ayon: Samarqandda endi buyrak va jigar köçirib ötkaziş operatsiyalari amalga oşirilmoqda.
— Yaqinda xorijdagi anjumanda bir davlatning rahbari mendan “Harakatlaringiz yomon emas, bir yilda uç millionga yaqin sayyoh kelayotgandir?” deb söradi. Men unga bu raqam beş milliondan oşganini aytdim, — dedi davlatimiz rahbari. — Bu bor gap. Esimda, 2016-yilda mamlakatimizga bor-yöği 650 ming sayyoh kelgan. Şaroitini qilgan edik, beş millionga yetdi. Imom Buxoriy majmuasi işga tuşgaç, birgina Indoneziyaning özidan qariyb beş million ziyoratçi kutyapmiz. Buning uçun hamma imkoniyatlar bor. Xalqaro sayyohlik va sayyohlik industriyasi juda katta daromad keltiryapti. Şuning uçun biz uni ham qadrlaşimiz, ham rivojlantirişimiz kerak.
Prezidentimizning mehr bilan aytayotgan mulohazalarini tinglar ekanman, köz oldimda men uçun qadrli yillar gavdalana boşladi. Eski tizimda Samarqandga xorijdan nuqul keksa sayyohlar kelardi. Ular ham Registondan boşqa obidalarga deyarli bormasdi.
Endi esa xorijlik sayyohlar bu zaminga oilasi bilan taşrif buyurmoqda. Samarqandga xalqaro anjumanga kelgan davlat rahbarlaridan birining intervyusida “Özbekistonga Xudoning nazari tuşganligi rost. Sizlarga şunday fidoyi, aqlli, diplomat insonni rahbar qilib qöygan. Bu odam qisqa vaqt içida butun dunyo davlatlari rahbarlarining hamkorlikka nisbatan nuqtai nazarini ham özgartirib yubordi. Mendagi hisob-kitoblarga köra, dunyodagi davlatlar rahbarlarining yarmidan köpi Özbekistonga kelib-ketdi. Biz havas qilamiz bunday Prezidentga”, degan gaplari hali-hamon qalbimga ğurur bağişlaydi.
Paxta maydonlari 40 foiz qisqardi, hosil salmoği kamaymadi
Davlatimiz rahbarining qişloq xöjaligi faxriysi Töxta Xudoynazarov bilan samimiy suhbati barçamiz uçun çinakam saboq böldi. Bugungi kunda kartoşkaçilikda erişilayotgan yutuqlar aytib ötildi. Zero, endi Özbekiston dehqonlari aholini kartoşka bilan töla taʼminlayapti. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining paxtaçilikda islohotlar davom ettirilişi kerakligi haqidagi fikrlari barçamizga manzur böldi.
— Bugun şaxsan men paxta masalasi bilan şuğullanganim yöq, — dedi Prezidentimiz. — Hokimlar ham şuğullanmaydi. Klaster özi buyurtma beryapti, özi terib olyapti, hosilni qayta işlab, mahsulotini sotiş bilan band. Nazarimda hali ham paxta maydonlarimiz mavjud korxonalar ehtiyojidan baland. Ğöza ekiladigan maydonlarni bosqiçma-bosqiç kamaytirib boriş kerak, toki odamlar özlari manfaat köradigan ekinlarni eksin. Lekin bu işda ham reja puxta bölişi kerak. Biz daromad beradigan ekinlarni tanlaşimiz, bozorini puxta örganişimiz zarur.
Davlatimiz rahbari Özbekiston şaroitida yerdan uç-tört martagaça hosil oliş mumkinligini, buning uçun neʼmatlarni xorijga tezda çiqariş yölini topiş kerakligini, yaʼni logistikani oqilona taşkil etiş zarurligini taʼkidladi. Çunki bunda xarajatlar qisqaradi, odamlarning uzoği yaqin böladi. Mamlakatimiz yetakçisi Samarqandda barpo etilgan yangi köprik ham köp yillik orzusi ekanini yaşirmadi.
...Paxta masalasi yillar davomida xalqimizning dardu iztirobiga aylandi. Beş million tonna paxta hosili yetiştirgan dehqonning kosasi oqarmadi. Aksinça, xomaşyo quliga aylandi. Taşkilot rahbarlari öz kasbi yoki mutaxassisligini, idorasini uddalamaganligi uçun emas, balki jamoasini paxta yiğim-terimiga safarbar qila olmagani uçun işdan olinardi. Hatto öquv yurtlariga rahbar tayinlaşda, eng avvalo, uning öz xodimlarini ana şu mavsumga jalb qila oliş qobiliyatiga eʼtibor qaratilardi. Ayançlisi şundaki, bu sohadagi reja 99,99 foiz bölganda ham hisobga ötmas, öşa xöjalik, tuman, viloyat “rejani bajarmagan” tamğasi bilan juda köp rağbatlardan quruq qolardi. Natijada rejani bajarib qöyiş uçun mingta hiyla öylab topilardi.
Şukrki, Prezidentimiz ana şu dardimizga malham böldi. Paxta masalasida davlat monopoliyasi bekor qilindi, ayollar, bolalar mehnatiga barham berildi.
Ğururimizning boisi şuki, biz bu islohot boşlanganini his qilib, unga guvoh bölib turibmiz. Misol uçun, Samarqand viloyatida keyingi 5-6 yil içida paxta ekiladigan maydonlar 40 foiz qisqardi. Lekin hosildorlik oşgani hisobiga hosil salmoği kamaygan emas. Avval Samarqand şahar kunini paxta dalalarida nişonlar edik. Bu tadbir ham tuşlikda tortiladigan oşdan, xonanda ijro etadigan 4-5 ta aşuladan nariga ötmasdi. Bugun esa biz davlatimiz rahbarini ana şu bayram bilan şahar çekkasida qad kötargan zamonaviy koşona ustida tabrikladik. Bunday ğamxörligi uçun minnatdorlik bildirdik.
Bugun şunçaki yaşab bölmaydi
Hammamiz ulkan islohotlar natijasini kundan kunga yaqqol sezib borayotgan yurtdoşlarimiz fikrini aytişga ulgurdik. Xalqaro şaxmat olimpiadasi ğolibi Afröza Hamdamova Samarqanddagi olimpiada tarixiy ekani bilan faxrlanib, kelgusi safar özbekistonlik xotin-qizlar jamoasi ham çempion bölişga qodirligini işonç bilan aytdi. Joylarda oçilayotgan şaxmat markazlari yoşlarning eng sevimli maskanlariga aylangani ham fikrimiz isbotidir.
Kasaba uyuşmalari federatsiyasi viloyat kengaşi raisi Suhrob Rafiqov esa Samarqand şahrini kengaytiriş, infratuzilmasini yuksaltiriş borasidagi işlar odamlarning hayotga qaraşlarini özgartirayotganini alohida taʼkidladi. Ayniqsa, daraxt va gullarning yangi navlari aynan öz laboratoriyalarimiz, öz xöjaliklarimizda yetiştirilayotgani, quriliş sanoatimizda eksportçilar paydo bölgani xursandlik bilan qayd etildi.
Şu örinda yangi köprik haqida töxtalsam: u M39 trassasi bilan boğlangan. Köprikning narigi tomoni — Oqdaryo bilan Qoradaryo örtasida Şirin qörğonçasi joylaşgan. Ana şu maydon kelgusida viloyatning maʼmuriy markazi böladi. Bu yerda kamida 180 ming aholi istiqomat qiladi, “aqlli” şahar bunyod etiladi. Hozirgaça Samarqand şahri hududiga kiruvçi bu maskan aholisi viloyat markaziga yigirma kilometrli aylanma yöl orqali qatnayotgan edi. Yana bir yangilik: bu yerdagi quriliş işlariga xuddi Yangi Toşkentdagi kabi imtiyozlar joriy etiladi.
Mamlakatimiz yetakçisi davlatimiz, xalqimiz oldida turgan ulkan vazifalarni sanab ötdi. Har bir işda loyihalarni puxta öylaş zarurligini alohida taʼkidladi. Misol uçun, tejamkor elektr stansiyasi örnatyapmizmi, demak, odamlarni ham bu neʼmatni tejaşga örgatişimiz lozim. Yangi mahsulotlar işlab çiqaryapmizmi, uning logistikasini töğri yölga qöyişimiz kerak. Yangi öquv yurtlari oçyapmizmi, unda albatta zamon talabiga mos mutaxassis tayyorlaşimiz zarur. Bu davrda yöl-yölakay, şunçaki yaşab bölmaydi. Xalqaro muhit doimo raqobatni talab qiladi. Biz özimizni ham, xalqimizni ham ana şu raqobatga tayyorlay olişimiz şart.
Bu maskanda maʼrifat, ilm bor
Davlatimiz rahbarining yangidan barpo qilinayotgan Imom Moturidiy ziyoratgohidagi suhbatlari ham çinakam saboq böldi. Prezidentimiz taşabbusi bilan qurilayotgan uşbu manzil Çokardiza qabristonida yotgan tört mingdan ziyod uluğ şayx ruhi sababli ham dilimizga özgaça surur baxş etdi.
— Bunday buyuk qadamjolarni obod qiliş zamirida katta maʼnaviyat, maʼrifat, taʼlim va ilm bor, — dedi Şavkat Mirziyoyev. — Odamlar bu yerga kelib nafaqat ziyorat qilsin, balki bilim olsin, özligini anglasin!
Prezidentimiz Imom Moturidiy, Burhoniddin Marğinoniy maqbaralarini közdan keçirar ekan, biz va farzandlarimiz mustahkam eʼtiqodli, maʼrifatli, ilmli bölişimiz zarurligiga alohida urğu berdi. Buning uçun ziyolilar allomalar merosini muntazam tarğib qilişi, odamlar esa bunday merosdan doimo bahramand bölişi zarur. Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy majmuasidagi zamonaviy muzeylarning taʼsirçan kuçi xalqaro hamjamiyat tomonidan ham eʼtirof etilmoqda. Bu maskanlarga taşrif buyurgan kişi qaytiş çoğida maʼnaviy jihatdan ança ösgan bölişi kerak.
Şuningdek, majmuani, atrofidagi infratuzilmani zamonga moslab quriş, ziyoratçilarga barça qulayliklarni yaratiş yuzasidan mutasaddilarga topşiriq berildi. Darvoqe, xorijdan keltirilgan yoki özimizda köpaytirilgan maysa-çim suvni köp talab qilarkan va uni juda tez buğlantirib yuborar ekan, şu sababli davlatimiz rahbari mutasaddilarga butasimon gul va ösimliklarni köpaytirişni maslahat berdi. Bunda suvni tejaş barobarida qişin-yozin yaşillikni saqlab turiş imkoni bor.
Garçi turli majlis va xalqaro anjumanlarda nutq, mulohaza, hatto Samarqandga taşrif buyurganida jamoatçilikka havola etgan fikrlaridan muntazam xabardor bölsam-da, şiddatli zamonaning hozirgi holatida Prezidentimizdagi şijoat va ğayratni, öktamlikni, eng muhimi, xalqaro holatga teran munosabatni körib ğururlandim. Qariyb bir soatlik muloqot davomida olgan maʼlumot va mulohazalar şuurimni boyitdi. Suhbat jarayonida davlatimiz rahbari taʼlim va ilm-fandagi islohotlarning mohiyatini ham juda ravşan tuşuntirdi.
— Katta maşaqqat bilan bölsa-da, davlat idoralari xodimlarini mahallaga tuşiriş çoralarini köryapman va bu maqsadga muayyan darajada erişyapmiz. Taʼlim va ilm-fan vazirligining asosiy vazifasi davlat va jamoat taşkilotlarini hamda ota-onalarning eʼtiborini maktabga qaratiş va ularni ilm maskanlariga jalb qilişdir. Töğri, bilim —
katta najot, lekin farzandlarimizda unga ehtiyoj uyğota biliş jamiyatning muqaddas vazifasi sanaladi. Bugun erişgan natijalarimiz bunday işlarni ham bajara olişimizga işonç uyğotadi.
Xayrlaşiş çoğida Prezidentimiz aytgan sözlar bir soatlik suhbat davomida olgan zavqu şavqimiz, saboqlarimizning çinakam yakuni böldi:
— Biz juda katta yölga çiqdik. Endi orqaga qaytiş yöq. Çunki bu yölimiz töğri ekanligini dunyo tan olyapti! Bu yölimiz töğri ekanligini xalqimiz hayoti farovonligining kundan kunga oşib borayotganligi körsatib turibdi. Biz hamma sohada baravar qadam taşlaşimiz kerak. Har qanday muammoni hal qilişga qodir ekanligimizga işonç hosil qilişimiz lozim. Bu borada samarqandliklarga katta işonç bildiraman!
Farmon TOŞYEV,
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist