Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Bo‘stonliqtumangaz” gazchisi Sh.N. o‘ziga biriktirilgan “Ozodbosh” MFYga kirib keluvchi tabiiy gaz hajmining har oylik hisobotlardagi tafovutlarini sun’iy ravishda kamaytirish maqsadida amalda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymagan fuqarolarning nomiga soxta qoidabuzarlik dalolatnomalarini rasmiylashtirib, elektron dasturiga yuklab kelganligi natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 593,3 mln so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.