Brent nefti narxi 1,12 foizga oshib, bir barreli uchun 92,03 dollarga yetdi.
Soat 06:17 holatiga ko‘ra, o‘sish sur’ati yanada tezlashdi. Brent nefti qiymati bir barreli uchun 92,16 dollarga yetdi, bu esa oldingi savdo sessiyasi yopilishiga nisbatan 1,26 foizga yuqori.
Keyinroq neft narxi bir barreli uchun 92 dollar atrofida tebranishda davom etdi, deb xabar brdi Kazinform.
Avvalroq Oilprice ma’lumotlariga ko‘ra, 20 iyul ertalabgi holat bo‘yicha Brent markali neft narxi barreli uchun 90,21 dollarni tashkil etgani, bu esa oldingi savdo sessiyasiga nisbatan 2,40 foizga yuqori ekani xabar qilingan edi.