Arizalar qabuli bugun soat 15:00 dan boshlanadi.
Ariza topshiruvchiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
Ijtimoiy ball: Baholash natijasida 30 va undan yuqori ball toʻplashi lozim;
Kredit tarixi: Dasturda qatnashayotgan kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos kelishi kerak;
Uy-joy yoʻqligi: Ariza beruvchi va uning turmush oʻrtogʻi nomida respublika boʻylab koʻchmas mulk boʻlmasligi shart;
Daromad darajasi: Oʻrtacha oylik daromad belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida boʻlishi zarur.
Arizani topshirishda oʻzingizga qulay usulni tanlang:
my.gov.uz portali orqali onlayn;
MyGov mobil ilovasi orqali istalgan joydan;
Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurgan holda.