Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.M.” MChJ rahbari E.U. va dorixona farmatsevti Sh.U. o‘zaro til biriktirib, sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 5 quti dori vositalarini 5,9 mln so‘mga fuqaroga sotgan vaqtida ushlanib, dorixonadan umumiy bahosi 90,9 mln so‘mlik 128 turdagi 13 403 dona sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.