Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIBB hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida Çirçiq şahrida faoliyat yuritgan uyuşgan jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyildi.
Aniqlanişiça, guruhga 2004-yilda tuğilgan, muqaddam öğrilik jinoyati uçun sudlangan, taekvondo bilan şuğullangan va «Öğri» laqabi bilan tanilgan şaxs rahbarlik qilgan.
Tezkor tadbirda guruh rahbari va uning «Böri», «Saman», «Abu», «Toş» hamda «Baklan» laqablari bilan tanilgan beş nafar şerigi qölga olindi. Ularning ayrimlari ham muqaddam turli jinoyatlar uçun sudlangan.
Qölga oliş jarayonida guruh rahbarining yonidan 1,8 gramm gaşiş giyohvandlik vositasi aniqlandi.
Eʼtiborlisi, gumonlanuvçilarning mobil telefonlari tekşirilganda, fuqarolarni kaltaklaş va ularni özboşimçalik bilan jazolaş — «samosud» holatlari aks etgan videolar ham topildi. Uşbu materiallar protsessual tartibda rasmiylaştirildi.
Holat yuzasidan guruh aʼzolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 112 va 277-moddalari, guruh rahbariga esa qöşimça ravişda 276-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi. Barça gumonlanuvçilar qamoqqa olindi.
Mazkur tezkor tadbir respublika böylab ötkazilayotgan «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli profilaktik tadbirlarining uçinçi bosqiçi doirasida amalga oşirildi.