Bugun kunduzi mamlakat böyiça asosan yoğingarçiliksiz ob-havo böladi. Faqat kunning ikkinçi yarmida Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi ehtimoli bor. Havo harorati 20–25 daraja iliqni taşkil etadi.
Dam oliş kunlari ham respublika hududining katta qismida asosan quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi. Şanba kuni Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida, yakşanba kuni esa mamlakatning şimoliy hududlarida biroz yomğir yoğişi mumkin.
Keçalari havo harorati 9–14 daraja iliq, kunduz kunlari esa asta-sekin 20–25 daraja iliqqaça kötariladi.
Ayrim joylarga tuman tuşişi mumkin. Şarqdan esadigan şamol tezligi 7–12 metr/soniyani taşkil etadi. Baʼzi joylarda şamol 13–18 metr/soniyagaça kuçayib, çang-tözonlar kuzatilişi ehtimoli bor.
21-noyabr kuni respublikaning ayrim toğli hududlarida yomğir va qor yoğişi kutilmoqda.
Toşkentda: dam oliş kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda şamol esadi. Havo harorati keçalari 11–13 daraja, kunduz kunlari 20–22 daraja iliq böladi.