Ushbu mablag‘lar hisobidan jami 181 ta davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotida 61 142 nafar bemor davlat budjeti hisobidan bepul davolandi.
Xususan, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida 26 303 nafar bemorning davolanishi uchun 351,6 milliard so‘m, boshqa respublika tibbiyot muassasalarida 19 234 nafar bemorga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun 228,8 milliard so‘m yo‘naltirildi.
Shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalarida 8 774 nafar bemorni davolashga 121,3 milliard so‘m, nodavlat tibbiyot tashkilotlarida 6 831 nafar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 184,6 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
Tahlillarga ko‘ra, eng ko‘p bemorlar kardiologiya va kardioxirurgiya yo‘nalishida davolangan. Muolaja olganlar soni bo‘yicha tibbiyot tashkilotlari orasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yetakchilik qildi.
SSV Matbuot xizmati.