Bundan avval tadbirkor tarixda kapitali 1 trillion dollardan oshgan birinchi insonga aylangan edi. Boylikning keskin o‘sishi u asos solgan SpaceX kompaniyasi aksiyalari birjada savdoga chiqarilganidan keyin kuzatildi. Aksiyalar narxi bittasi uchun 163 dollargacha ko‘tarildi, deb xabar berdi Kazinform.
Texnologiya sohasining boshqa vakillari ham katta daromad oldi. Meta kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg boyligini 9,16 milliard dollarga oshirgan bo‘lsa, Oracle kompaniyasining hammuassisi Larri Ellisonning kapitali 8,92 milliard dollarga ko‘paydi.
Google asoschilari Larri Peydj va Sergey Brin mos ravishda 7,61 milliard va 7,01 milliard dollarga boyidi. Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezosning boyligi esa 6,96 milliard dollarga oshdi.
Hozirgi vaqtda reytingning ikkinchi pog‘onasida aktivlari 314 milliard dollar bo‘lgan Larri Peydj turibdi. Undan keyin Sergey Brin (292 milliard dollar), Jeff Bezos (267 milliard dollar) va Larri Ellison (247 milliard dollar) joylashgan.
O‘sish faqat reytingning yuqori qismidagi milliarderlar bilan cheklanib qolmadi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng boy 500 nafar inson ro‘yxatining oxirgi 12 ishtirokchisining har biri ham rekord darajadagi boylikka erishgan bo‘lib, ularning har birida kamida 7,9 milliard dollardan mablag‘ mavjud.
Bloomberg Billionaires Index reytingi 2012 yildan buyon e’lon qilib kelinmoqda va dunyodagi eng boy 500 nafar insonning boyligini kuzatib boradi.