Ehtiyojmand oilalardagi 4 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Arizalar Yagona portal (my.gov.uz) orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Talabgorlarga quyidagi mezon asosida tavsiyanoma beriladi:

— Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari;

— tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

— turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

— nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

— ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.