Eski tartib bo‘yicha tibbiy ma’lumotnomani olish uchun shifoxonaga qayta borish va navbatlarda turish talab etilardi. Endi barchasi raqamlashdi!
Bu turdagi ma’lumotnoma quyidagi toifadagi fuqarolarga taqdim etiladi:
OTM, litsey va kollejlarga hujjat topshiruvchi abituriyentlar;
Sportchilar va ishga kiruvchi nomzodlar;
Sudyalik lavozimiga tayinlanadiganlar;
“Muruvvat” va “Sahovat” uylariga yo‘llanma oluvchi keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar.
Ma’lumotnomani onlayn yuklab olish tartibi quyidagicha:
my.gov.uz portaliga kiring.
“Sog‘liqni saqlash” bo‘limiga o‘ting.
“086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani olish” xizmatini tanlab, hujjatni yuklab oling.
Muhim eslatma: Ma’lumotnoma portalda shakllanishi uchun fuqaro avval tegishli tibbiyot muassasasida shifokorlar ko‘rigidan o‘tgan bo‘lishi lozim. Shifokorlar xulosasi bazaga kiritilgach, hujjatni masofadan turib olishingiz mumkin.