Tashrif davomida Fabio Cannavaro FarDU futbol klubi prezidenti, universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov bilan uchrashdi.

Muloqotda universitetda futbolni rivojlantirish, yosh futbolchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda klubning kelgusidagi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Fabio Cannavaro FarDU futbol klubiga qiziqishi yuqori ekanini taʼkidlab, klub stadionida yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi. Uning qayd etishicha, FarDU stadioni Fargʻona viloyatidagi eng yaxshi futbol maydonlaridan biri hisoblanadi.

Tashrifda yosh futbolchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning mahoratini oshirish va universitet futbol klubining professional sportdagi salohiyatini yanada rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar esdalik sovgʻalari almashdi.

Hamkorlik materiali