Filologiya fakultetining faollar zalida taşkil etilgan tadbirda universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar, viloyat hokimligi vakillari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Anjuman Özbekistonda davlat tiliga bölgan eʼtiborni aks ettiruvçi videorolik namoyişi bilan boşlandi.

Tadbirda Farğona viloyati hokimining davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi Sohibjamol Tongotarova sözga çiqib, hududda davlat tilini rivojlantiriş va uning qöllaniş doirasini kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida gapirdi.

Şuningdek, tilşunos olimlar va professor-öqituvçilar — Filologiya fakulteti Tilşunoslik kafedrasi professori Alijon Mamajonov hamda kafedra dotsenti Dhanraj öz maʼruzalarida ona tilimizning ilmiy-nazariy asoslari, jozibasi va xalqaro miqyosdagi ahamiyati haqida maʼlumot berdi.

Tadbirning badiiy qismi iştirokçilarga bayramona kayfiyat bağişladi. Pedagogika-psixologiya va sanʼatşunoslik fakulteti talabalari tomonidan Alişer Navoiy ğazallari asosida tayyorlangan «Örmadim» va «Guluzorim» aşulalari hamda mumtoz kuylar ijro etildi.

Şuningdek, ikkinçi bosqiç talabalari Marjona Töyçiyeva va Oynoza Abdullayeva boşçiligida Furqat ğazali bilan boyitilgan «Surating» qöşiği barça iştirokçilar tomonidan kötarinki ruhda kuylandi.