Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlarda ziyoratçilarning işonçidan foydalanib, tegişli ruxsatnomasiz pul işlaşga uringan şaxslarning noqonuniy faoliyatiga çek qöyildi.

Jumladan, Farğona şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasining norasmiy işçisi ikki nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga «Umra» ziyoratiga yuboriş evaziga 2 500 AQŞ dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Içki işlar vazirligining hududiy boşqarmalari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u 2 450 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Şunga öxşaş holat Andijon viloyatining Şahrixon tumanida ham aniqlangan. Noqonuniy faoliyat yuritayotgan turistik firma xodimi tört nafar fuqaroni «Umra» ziyoratiga yuboriş evaziga 4 400 AQŞ dollari talab qilgan.

DXX Andijon viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda u otasi bilan birgalikda 4 300 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida uşlangan.

Hozirda uşbu holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.