Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi, DXX, IIB va DXX chegara qo‘shinlarining 9229-sonli harbiy qismi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh shaxslar umumiy bahosi 3,2 mlrd so‘mlik 30 660 dona “Regopen” va 925 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Farg‘ona tumani, “Vaziyo” MFY hududidagi O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi davlat chegaralariga tortilgan sim to‘siqlarni buzib, kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib o‘tganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.