Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Farg‘ona viloyati "Issiqlik ta’minoti" MChJ mansabdor shaxslari 2024–2025-yillar hamda 2026-yilning yanvar–may oylarida haqiqatda aholiga 85,7 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilgan bo‘lsa-da, viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasiga taqdim etilgan hujjatlarga go‘yoki 212,3 ming Gkal issiqlik energiyasi yetkazib berilganligi haqida soxta ma’lumotlar kiritib, budjetdan 12,9 mlrd so‘m ortiqcha subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishib, davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganliklari aniqlangan.
Farg‘ona viloyatida soxta ma’lumotlar bilan 12,9 mlrd so‘mlik subsidiya ajratilganligi holati fosh etildi
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oltin kuz manzaralari
- ÖFA Kannavaroning terma jamoadan ketişi haqidagi xabarlarni rad etdi
- Sirdaryoda Yaponiyada işlaş istagidagi fuqarolar uçun haydovçilar tayyorlaş markazi taşkil etiladi
- Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yuqori sifatli yonilgʻi ishlab chiqarish koʻpaytiriladi
- Buxoro tumanida neft-kimyo klasteri kengaymoqda
- Farrux Soyibjonoviç Abduraimov beş yil muddatga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinçi örinbosari – sudlov hayʼati raisi lavozimiga saylandi