Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘zbekiston tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston tumani kadastr bo‘limi mutaxassisi D.T. tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limida ishlovchi tanishi orqali fuqaro M.I.ning “Avg‘on” MFY hududidagi 31 sotix noturar yer maydonini 9 500 AQSh dollari evaziga turar joy sifatida rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i O.N. (muqaddam sudlangan) D.T.dan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.