Giyohvandlik vositalari kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Chegara qo‘shinlari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Rishton tumani “Dehqonobod” mahallasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Xususan, qo‘shni mamlakatdan kelgan “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasining g‘ildiraklari ichiga xufiyona tarzda yashirilgan narkotik moddalarni olayotgan vaqtlarida 1974 y.t. avtomashina haydovchisi hamda buyurtmachi hisoblangan Uchko‘prik tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs ushlandi.
Avtomashina g‘ildiraklari ichiga jami 3 kg 408 gr “opiy” va 16 kg 405 gr “gashish” moddalari yashirilganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga buyurtmachi shaxsning 1980 y.t. otasi ham aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.
Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.