BFMTVning xabar berişiça, bu haqda içki işlar vaziri Loran Nunyes bu haqda brifingda maʼlum qilgan.
"Bugun biz yana bir bor juda yuqori darajadagi zöravonlikka duç keldik, hibsga olinganlar soni allaqaçon ming kişiga yaqinlaşdi", dedi vazir.
Uning sözlariga köra, bu boradagi körsatkiç 17-oktyabr kuni mamlakat böylab köplab şaharlardagi norozilik namoyişlari tartibsizliklar va talonçilikka aylanib ketganidan ança yuqori. Vazir bugun baʼzi dökonlarga ham vandallar va öğrilar tomonidan zarar yetkazilanini tan oldi, ammo ularning soni "juda çeklangan" va "ötgan haftadi holat bilan taqqoslab bölmaydi".
Biroq, Nunyes faqat dastlabki maʼlumotlarga ega ekanligini tan oldi va ötgan şanba kuni şu vaqtda 300 ta dökonga zarar yetkazilgani haqida xabar berilganini, ertasi kuni peşingaça esa bu raqam allaqaçon 3000 ga yetganini eslatdi.
"Bugun keçqurun vaziyat butunlay boşqaça va, albatta, biz bundan xursand bölişimiz kerak. Buning uçun içki xavfsizlik kuçlariga minnatdorçilik bildiraman", deb xulosa qildi u.
24-oktyabr, şanba kuni Fransiya böylab kasaba uyuşmalari va talabalar harakatlari iştirokidagi ommaviy namoyişlar bölib ötdi. Içki işlar vazirligi maʼlumotlariga köra, norozilik namoyişlarida 410 ming kişi iştirok etgan, CGT kasaba uyuşmasi esa bu son 800 mingga yetganini taxmin qilmoqda, deb xabar berdi report.az.